Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Denov tumani markazida noqonuniy kesilgan 109 tup daraxt uchun 65 mln so‘m miqdorida zarar hisobladi. Deputat Rasul Kusherbayevning so‘rovidan so‘ng zarar qayta hisoblanib, aslining uning miqdori 995 mln so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
2009 yilning oxiridan boshlab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida nazoratsiz ravishda asriy daraxtlar kesib tashlanmoqda. Biz maktab partalarida eshitganimiz buyuk ajdodlarimizning merosidan ibrat olmasdan, o‘z qo‘llarimiz bilan vatanimizni sahroga aylantirmoqdamiz. Tarixchi Tair Gyul Temuriyzodalar o‘z imperiyalarini ko‘kalamzorlashtirishga qanday e’tibor qaratganlari, O‘rta Osiyo bog‘chilik san’atining dunyoga ta’siri hamda nima sababdan ota-bobolarimizning yashil an’analarini davom ettirishimiz lozimligi haqida so‘zlab berdi.
2021 yilning 6 oyi davomida 4,5 mingdan ortiq daraxt noqonuniy kesilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Senat raisi Tanzila Narbayeva moratoriy davrida ham daraxtlarning kesilishiga tizimdagi sustkashliklar sabab bo‘layotganligi ta’kidladi. «Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti», — dedi u.
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida 3 nafar tomonidan 6 tup zarang va 2 tup shumtol daraxtlari o‘zboshimchalik bilan kesib tashlandi. Fuqarolarning har biriga 1 mln 225 ming so‘mdan jarima va 63 mln 700 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun kompensatsiya hisoblandi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga 329 mln 157 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Narxlarning, tariflarning ko‘tarilishi yoki yangi bojlarning joriy qilinishi haqida so‘z borganda, kimdir hazillashib, yana kimdir umidsizlikka tushib: «Balki, havoni ham pullik qilarsizlar?» deb qo‘yadi. Shahar daraxtlarining ahamiyati va ularni kesishni to‘xtatish lozimligini eslata turib, «Gazeta.uz» kolumnisti Botir Qobilov har bir daraxtning qiymati juda yuqori ekanligi va shahar aholisi anchadan buyon nafaqat pul bilan, balki o‘z sog‘liklari bilan ham buning badalini to‘lab kelayotganini ta’kidlamoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting